Parij-2024: Erkak bokschiga yutqazgan o‘zbek qiziga 100 ming dollar beriladi

Sport

image

Avvalroq, Parij Olimpiadasi boks bahslarida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tekshiruvlariga ko‘ra erkak deb topilgan xitoy taypeyilik Lin Yuy-Tinga mag‘lubiyatga uchragani xabar qilingandi.

IBA prezidenti Umar Kremlev mazkur holatni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi uchun sharmandalik ekanligini bildirib, erkak bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilgan ayol bokschilar IBA tomonidan 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.

“IBA Olimpiadada adolatsizlikka uchragan bokschi qizlarni 1-o‘ringa beriladigan pul mablag‘lari miqdorida mukofotlaydi. Biz barchani himoya qilamiz va, albatta, gender diskriminatsiyasini ham. Hozir Olimpiya o‘yinlarida sodir bo‘layotgan voqealar barcha zamonlarning eng sharmandali holati. Sportchilar XOQ rahbariyatining beadabligidan jabr ko‘rmoqda va sportchilar gender diskriminatsiyasi hamda sog‘lom raqobatning yo‘qligi tufayli faoliyatini yakunlaydi. Biz sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz va boshqa xalqaro assotsiatsiyalar ham jim turishni to‘xtatib, bizdan o‘rnak olish vaqti keldi!” deb yozdi Kremlev o‘z sahifasida.

Qayd etish joiz, Turdibekovadan tashqari italiyalik Anjela Karini raqibi, jazoirlik Iman Xelifga qarshi jangning 46-soniyasida to‘qnashuvni davom ettirishdan bosh tortgandi, bunga sabab esa Xelif 2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medal uchun kurashdan bir necha soat oldin Xalqaro boks assotsiatsiyasining muvofiqlik mezonlarini bajara olmagan. O‘shanda genetik tekshiruv Iman Xelifning erkak kishi ekanligini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada Sitora Turdibekova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made