Osiyo o‘yinlari. Bokschilar 3 ta bronza oldi
Sport
−
12:21 1020 1 daqiqa
Bugun, 30 sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida -51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Feruza Kazakova yarim finalda Olimpiada chempioni, xitoylik Vu Yuga qarshi jang qildi. Bahsda Feruza mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Shuningdek, -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sitora Turdibekova Osiyo o‘yinlarining yarim finalida Xitoy Taypeyi vakili Lin Yuga qarshi ringga chiqdi. Jang yakunida hakamlar 5:0 hisobida Lin Yuning g‘alabasini qayd etdi.
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida yarim final bahsida Shavkatjon Boltayev qozog‘istonlik To‘rexan Saburxanga qarshi ringga chiqdi. Bahsda raqibiga imkoniyatni boy bergan bokschi Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 14 ta oltin, 17 ta kumush va 17 ta bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.
Live
Barchasi