Sirdaryoning “qovunchi” rahbarlari dunyoga tanildi. “Virus” video Britaniyaga yetib bordi

Jamiyat

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi G‘afur Mirzayev ortida turgan maxsus formali mansabdorlar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasiga qanday hurmat ko‘rsatishni bilolmay qolgani haqida xabar bergan edik.

Tarmoqda madhiya yangraganda formali mansabdorlar navbat bilan qo‘llarining holatini o‘zgartirgani aks etgan video tarqaldi. O‘zbek mansabdorlarining oddiy holatda nima qilarini bilmay qolgani aks etgan video Yevropada ham kulguga sabab bo‘ldi.

Dunyoga mashhur BBC telekanalidagi shouda ham ayni shu holat kulgi ostiga olindi va o‘zbek mansabdorlarining kalovlangani aks etgan video namoyish etildi. Qayd etish kerakki, BBC telekanalini faqatgina Buyuk Britaniyada emas, butun dunyoda millionlab odamlar tomosha qiladi.

Bungacha ushbu video Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida tarqalib, virusga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo madhiya

Baholaganlar

740

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing