Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va qizini o‘ldirdi
3-sahifa
−
01 may 6731 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Shirin shaharchasida norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, mazkur holat joriy yilning 29 aprel kuni sodir bo‘lgan. 29 yoshli ayol erining shar’iy nikohdagi xotini tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan. Hodisa vaqtida ayolning 3 va 5 yoshli qizlari ham pichoqlangan. Oqibatda 5 yoshli qizcha voqea joyida vafot etgan, 3 yoshli qizcha og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyati o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi N.X. protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida 3 kishi pichoqlangani va ulardan 2 nafari vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi