Epşteyn öldirilgan bölişi mumkin – ekspert

Olam

−

image

Amerikalik sud-tibbiyot eksperti Maykl Friman voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilişda ayblangan moliyaçi Jeffri Epşteyn öz joniga qasd qilmagan, balki katta ehtimol bilan qamoqxonada öldirilgan, degan xulosaga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, Friman bir yil davomida moliyaçining akasi Mark Epşteyn tomonidan taqdim etilgan sud-tibbiy ekspertiza materiallarini örganib çiqqan.

Ekspertning fikriça, çap yelkadagi qontalaş, yuzdagi jarohatlar va böyindagi tirnoq izlari ehtimoliy hujumdan dalolat beradi. Frimanning hisoblaşiça, tirnoq izlari sirtmoqdan xalos bölişga uriniş paytida paydo bölgan bölişi mumkin.

“Jarohatlar va jasadning qanday holatda topilgani bir-biriga mos kelmaydi. Şunday ekan, faqat bitta izoh qoladi: ölim qotillik natijasi bölgan”, deydi professor.

Şu bilan birga, Friman Epşteynning jasadini şaxsan közdan keçirmagan va uning tadqiqoti boşqa mutaxassislar tomonidan taqrizdan ötkazilmagan.

2019 yilda ötkazilgan rasmiy sud-tibbiy ekspertiza esa buning aksi bölgan xulosaga – özini osiş orqali öz joniga qasd qiliş töğrisidagi qarorga kelgan edi.

Ma’lumot uçun, 66 yoşli Jeffri Epşteyn 2019 yil 10 avgust kuni Nyu-York qamoqxonasi kamerasida ölik holda topilgan, u öşa yerda voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş ayblovi böyiça sudni kutayotgan edi. Unga önlab yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondan AQŞga borgan 18 yoşli model Roza (ismi özgartirilgan) modellik agentligi uni jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteynning uyiga ikki marta fotosessiya uçun yuborganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing