Epşteynning özbekistonlik qurboni yangi faktni oçiqladi
Olam
−
18:18 1342 4 daqiqa
Özbekistondan AQŞga borgan 18 yoşli model Roza (ismi özgartirilgan) modellik agentligi uni jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteynning uyiga ikki marta fotosessiya uçun yuborganini ma’lum qildi. U agentlik rahbariyatini öz xavfsizligini ta’minlamaganlikda aybladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Rozaning aytişiça, u 2009 yilda AQŞga borganidan bir oy ötib, MC2 Model Management agentligining Amerikadagi bölimi tomonidan Epşteynning Florida ştatidagi Palm-Biçda joylaşgan uyiga yuborilgan. Öşa vaqtda Epşteyn voyaga yetmagan şaxsga nisbatan jinsiy jinoyatlari uçun qamoq jazosini ötayotgan bölsa-da, unga kunduzi uyidan taşqarida işlaşga ruxsat berilgan.
Roza agentlikning AQŞdagi öşa paytdagi prezidenti Jeff Fuller uning qayerga ketayotganini bilganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, fotosessiyalardan keyin Epşteyn uni öz yordamçisi sifatida işga olgan va muntazam ravişda zörlagan.
“Agentligimning vazifasi meni himoya qiliş edi, ammo ular buni uddalay olmadi. Aksinça, meni xavf ostiga qöyişdi. Buning uçun ular javobgarlikka tortilişi kerak”, degan Roza.
BBC jurnalistlari Jeff Fullerning özi Rozaning Palm-Biçga qaytiş çiptasini bron qilganini körsatuvçi xarajatlar hisobotini ham aniqlagan. Biroq Fuller avvalroq model Epşteynning uyiga borişini bilmaganini aytgan. U BBC’ning keyingi savollariga javob bermagan.
Tergov davomida AQŞ Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan Epşteynga oid hujjatlar örganilgan. Ularda MC2 agentligining kamida 10 nafar modeli Epşteyn bilan uçraşgani yoki u bilan aloqada bölgani qayd etilgan. Şuningdek, hujjatlarga köra, Epşteyn 2005 yilda agentlikka 1 million dollar bergan. Ammo agentlik egalari ikki yil ötib, uning kompaniyaga aloqasi yöqligini bildirgan.
BBC suriştiruvida agentlik bilan boğliq yana ikki şaxs – sobiq agent Ramzi Elkolli va agentlik direktori Feyt Keytsning ham Epşteyn bilan yaqin aloqalari bölgani aniqlangan.
Jumladan, Elkolli Epşteynga 34 nafar ayolni taniştirişga uringan. Ular orasida hali maktabda öqiyotgan 18 yoşli qiz ham bölgan. Keyinçalik u ayol 19 yoşida Epşteyn bilan ilk uçraşuvida uning jinsiy tajovuziga uçraganini aytgan.
Elkolli esa BBCʼga özining Epşteynning jinoiy harakatlaridan xabari bölmaganini va ularga kömaklaşmaganini bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, Epşteyn bilan taniştirişdan maqsadi modellarga kasbiy imkoniyatlar yaratiş bölgan.
Suriştiruvda Simona (ismi özgartirilgan) ismli yana bir model ham öz boşidan keçirganlarini sözlab bergan. Uning aytişiça, Epşteyn uni 200 martadan ortiq zörlagan. Simona 20 yoşida u bilan tanişgan, keyinçalik modellikni taşlab, Epşteynning yordamçisiga aylangan. U qariyb ikki yil davomida moliyaviy va şaxsiy hayoti ustidan nazorat örnatilganini aytgan.
Simonaning ma’lum qilişiça, Epşteyn uni öşa vaqtda dunyoning yirik modellik agentliklaridan biri bölgan Next Management rahbari Feyt Keyts bilan taniştirgan. Uçraşuvda Keyts unga plastik operatsiya qildirişni taklif etgan va jarroh haqidagi ma’lumotlarni Epşteynga yuborgan.
Keytsning advokatlari esa BBC’ga mijozi Epşteyn tomonidan çalğitilganini, uning jinoiy harakatlaridan xabari bölmaganini bildirgan. Şuningdek, u modellarga plastik operatsiya qildirişni taklif etmaganini ta’kidlagan.
Ma’lum qilinişiça, Nyu-York ştati senatori Zelnor Mayri Epşteynning jinoyatlariga aloqador bölişi mumkin bölgan şaxslarni ham javobgarlikka tortiş imkonini kengaytiruvçi qonun loyihasini taklif qilgan. Unga köra, Epşteynning jinoyatlaridan xabardor bölgan yoki bu haqda bilişi kerak bölgan şaxslar ham javobgar bölişi mumkin.
Roza esa öz hikoyasini oşkor qiliş orqali boşqa jabrlanuvçilarni ham sukut saqlamaslikka çaqirgan. Uning sözlariga köra, hozirça özi uçun adolat qaror topmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq marhum moliyaçi Jeffri Epşteynning jinoyatlaridan omon qolgan va Roza ismi ostida sözga çiqqan özbekistonlik qurbon ilk bor AQŞ Kongressidagi tinglovlarda moliyaçi uy qamoği davrida sodir etgan zörlaşlar haqida ommaviy ravişda sözlab bergandi.
Live
Barchasi