Sirdaryoda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 18 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Cobalt yuk avtomobili bilan to‘qnashib yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 07:35 da  Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi xududidan o‘tgan A-373 yo‘lining 4-kilometrida, fuqaro O.S. boshkaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobil va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan Cobalt avtomobilining old kapot va salon qismi yonib zararlangan.

Voqea joyiga zudlik bilan Oqoltin tumani FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan.

Hozirda FVB hamda IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yuz bergan YTHda ikkita mashina yonib ketdi. Fojiada 3 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, Jizzaxda ham YTH oqibatida mashina yonib ketdi va bir kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing