Si Szinpin Jo Baydenni Prezident etib saylangani bilan tabrikladi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin kecha, 25 noyabr kuni Jo Baydenni AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrik yo‘lladi. Unda Xitoy-Amerika munosabatlarini rivojlantirish muhimligi ham ta’kidlangan.

“Bugun rais Si Szinpin Jo Baydenga telegramma yubordi va uni Amerika Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi”, deyiladi XXR markaziy televideniyesi xabarida.

Si Szinpin telegrammada Xitoy va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish nafaqat ikki mamlakat xalqlarining manfaatlariga, balki xalqaro hamjamiyatning umidlariga ham javob berishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 13 noyabr kuni XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin rasmiy Pekin nomidan Baydenni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Demokratik partiyadan nomzod Bayden g‘alaba qozonish uchun yetarlicha elektorat to‘plagan.

Tramp ham o‘z o‘rnida g‘alaba qozonganiga shubha qilmayapti. U o‘zining haqligini sud orqali isbotlamoqchi. Ammo shunga qaramay hokimiyatni saylangan Prezident jamoasiga topshirish ishlarini boshlashga ko‘rsat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing