Bayden Balida Si Szinpin bilan 3 soat “dardlashdi”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin Indoneziyaning Bali orolida “Katta yigirmatalik” sammiti arafasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv 3 soat davom etgan. Muloqot davomida Ukrainadagi urush ham muhokama qilingan. Oq uy matbuot xizmatiga ko‘ra, Bayden va Si yadro urushida g‘olib bo‘lish mumkin emas, degan fikr to‘g‘riligini tasdiqlagan va Ukrainada yadro qurolidan foydalanish yoki undan foydalanish tahdidiga qarshi chiqishgan.

Bundan tashqari, Bayden va Si Tayvan, Gonkong va Shinjon muammolarini, shuningdek, jahon miqyosidagi o‘zaro raqobatni muhokama qilgan va mojarolarga yo‘l qo‘ymasdan, mas’uliyat bilan yuritishga kelishib olgan.

“Katta yigirmatalik” sammitining rasmiy qismi 15 va 16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. Prezident Vladimir Putin uchrashuvlarda shaxsan ham, video aloqa orqali ham qatnashmaydi. Kreml buni “uning Rossiyada bo‘lishi zarurati” bilan izohlagan. “Bloomberg” agentligining xabar berishicha, Putin G20sammitiga boshqa davlatlar rahbarlari bilan qarama-qarshilikka tushmaslik uchun bormaydi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sammit tadbirlarida videoaloqa orqali ishtirok etishi kutilmoqda. Ukraina G20a’zosi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin AQSh-Xitoy Jo Bayden

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing