Shveysariya Rossiya tahdidi sabab 500 yillik neytralitetidan voz kechishi mumkin – “Politico”
Olam
−
31 avgust
11089Shveysariya Xavfsizlik komissiyasi Rossiya tomonidan qilinayotgan tahdid tufayli mamlakatning 1515 yildan beri saqlab kelayotgan betaraflik siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Shveysariya allaqachon gibrid urush – dezinformatsiya, josuslik va kiberhujumlar nishoniga aylangan. Mutaxassislar esa ehtimoliy mojaroga nafaqat armiyani, balki butun jamiyatni tayyorlashni tavsiya qilmoqda.
Rossiya tomonidan tahdid kuchayib borayotganligi fonida mamlakatda, shuningdek, YeI va NATO bilan aloqalarni mustahkamlash, harbiy xarajatlarni oshirish hamda hamkorlikni kengaytirish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, komissiya avvalroq Ukraina ittifoqchilari bilan munosabatlarni murakkablashtirgan qurollarni qayta eksport qilish taqiqini bekor qilishni talab qilmoqda.
“Ushbu xulosalar allaqachon Shveysariya Mudofaa va xavfsizlik vaziri, 2024 yil uchun mamlakat Prezidenti Viola Amerdga taqdim etilgan va mamlakatning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi xavfsizlik strategiyasining asosini tashkil qiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Shveysariyaning qurol eksporti o‘tgan yili 2022 yilga nisbatan 27 foizga kamayib, 700 million Shveysariya frankidan (746 million yevro) kam bo‘ldi - bu ham qurol eksporti qoidalarining qat’iyligi, ham Qatarning havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olishni to‘xtatishining bir martalik ta’siri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya banklari rossiyaliklarning hisoblari ustidan nazoratni kuchaytirgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr