Shvetsiya yaqin haftalarda NATOga qo‘shilishi mumkin – Blinken

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Shvetsiyaning NATOga kirishi yaqin haftalarda yakunlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini CNN keltirmoqda.

“Biz shunday bo‘lishi mumkinligiga shubha qilmaymiz. Shunday bo‘lishi ham kerak va shunday bo‘lishini kutamiz”, deydi Blinken Shvetsiyadagi matbuot anjumanida.

Biroq Blinkenning aytishicha, Oq uy bu ikki masalani bir-biridan alohida ko‘rib chiqmoqda.

“Bizning nuqtai nazarimizdan ikkalasi ham imkon qadar tezroq oldinga siljishi kerak. Ya’ni Shvetsiya alyansga qo‘shilishi kerak deb o‘ylaymiz va biz F-16 paketi bo‘yicha oldinga intilamiz”, deydi Blinken.

Shvetsiyaning NATOga a’zoligi muammosi

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi fonida an’anaviy ravishda neytral maqomini saqlab qolgan Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Biroq Turkiya bunga qarshi chiqdi va bu mamlakatlarni terrorchilarga yordam berishda aybladi.

Bir necha oy davom etgan muzokaralardan so‘ng Turkiya nihoyat Finlyandiya arizasini ma’qulladi, bu esa joriy yilning aprel oyida mamlakatni NATOga qabul qilish imkonini berdi. Biroq Stokgolm Anqaraning barcha talablarini bajarmagan degan bahona bilan Shvetsiyaning arizasi Turkiya tomonidan hali ma’qullanmadi. 

Oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga telefon qilib, uni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagandi. Suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Anqaraning AQSHdan F-16 qiruvchi samolyotini sotib olish loyihasi ustida ishlash haqida so‘z ochgan bo‘lsa, Bayden Turkiyaning Shvetsiyasini NATOga a’zo bo‘lishiga qo‘ygan cheklovidan voz kechishini istashini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing