Shvetsiya Bosh vaziri Qur’on yoqilishiga norozilarni xotirjamlikka chaqirdi
Olam
−
30 iyun 2023
19119Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bugun, 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Stokgolmda Qur’on yoqib yuborilishi munosabati bilan Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirilishi ortidan tinchlanishga chaqirdi.
“Shvetsiyaning boshqa mamlakatlardagi elchixonalariga odamlarning noqonuniy ravishda kirib kelishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aniq. Men ham Shvetsiyada xotirjam bo‘lishimiz kerak, deb o‘ylayman. Xavfsizlik siyosati bilan bog‘liq vaziyat jiddiy va boshqa odamlarni xafa qilish uchun hech qanday sabab yo‘q”, deydi Bosh vazir.
Stokgolm markazidagi aksiya joriy yilning 28 iyun kuni Medbor’yarplatsen maydonida Shvetsiya politsiyasining ruxsati bilan o‘tkazildi. Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashladi va uni yoqib yubordi. Shu kuni butun dunyo musulmonlari asosiy diniy bayramlardan biri – Qurbon hayitini nishonladilar. 29 iyun kuni bir guruh iroqliklar musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’onning yoqib yuborilishiga qarshi norozilik bildirib, Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirdi.
Qayd etilishicha, Shvetsiyada aksiya tashkilotchilariga nisbatan nafrat qo‘zg‘atish va o‘t yoqish taqiqini buzish fakti bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Politsiya [Qur’onni] yoqish nafrat jinoyati yoki yo‘qligini tekshirishga haqli. Bu nafrat jinoyati yoki biron bir guruhning gijgijlashi emas, men ularni odatda sevimli musulmonlarim deb bilaman”, degan Qur’onni yoqib yuborgan Momika.
U yangi aksiyalarni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qilgan
“O‘n kun ichida Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Iroq bayrog‘i va Qur’onni yoqib yuboraman”, deydi u.