Shvarsenegger yana yurak operatsiyasini boshdan kechirdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbek tomoshabinlariga “Terminator” filmidagi roli bilan yaxshi tanish amerikalik aktyor va kulturist, 76 yoshli Arnold Shvarseneggerning yuragi yana bir bor operatsiya qilindi. Bu haqda aktyor “Men’s Health” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Suhbat jarayonida Shvarsenegger o‘ziga yurak stimulyatori o‘rnatilganligini aytdi. Aktyor hazillashib sekinlik bilan "Terminator" filmidagi roliga o‘xshab, robotlashib borayotganiga ishora qilgan.

"Men tug‘ilgan Avstriyada erkak kishi o‘zining sog‘lig‘idagi muammolar haqida gapirishi odat emas", degan u.

Aktyorning oldingi operatsiyalaridan birida chandiq to‘qimalari yurak urishida muammolarini keltirib chiqargan. Shu bois ham yurak stimulyatori zarurati paydo bo‘lgan.  Shvarsenegger jarrohlik tufayli og‘ir jismoniy mashqlarni to‘xtatganini ham qo‘shimcha qilgan. Shunga qaramay u bir oydan keyin mashg‘ulotlarga qaytishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Shvarsenegger birinchi marta 1997 yilda yurak operatsiyasini o‘tkazgan. U tug‘ma yurak nuqsoni tufayli aorta yurak qopqog‘ini almashtirgan. Ijodkor 2018 va 2020 yillarda ham xuddi shunday operatsiyalarni boshdan kechirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jang san’ati ustasi, taniqli xitoylik aktyor va Gollivud yulduzi Jeki Chan Shanxaydagi Lin Shan shifoxonasiga  yotqizilgandi.


Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Arnol'd Shvartsenegger yurak operatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing