Jeki Chan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Madaniyat-san’at

image

Jang san’ati ustasi, taniqli xitoylik aktyor va Gollivud yulduzi Jeki Chan Shanxaydagi Lin Shan kasalxonasiga olib ketildi. Bu haqda bugun, 25 dekabr kuni Meta MMA portali xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mashhur aktyorning ahvoli og‘ir. Jeki Channing shifoxonaga yotqizilgani haqidagi barcha xabarlar Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridan faol ravishda o‘chirilmoqda. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotni baham ko‘rgan foydalanuvchilarning akkauntlari bloklanyapti.

Avvalroq, Sony Pictures kompaniyasi The Karate Kid 2 filmining aktyorlar tarkibini e’lon qilgan edi. Filmdagi asosiy rollardan birini kartinaning birinchi qismida bosh rolni ijro etgan Jeki Chan ijro etishi kerak edi.

69 yoshli Jeki Chan kinodagi faoliyatini kaskadyor sifatida boshlagan, ba’zida kichik rollarda ham suratga tushgan. Channing birinchi muvaffaqiyatli loyihasi 1978 yilda "Burgut soyasida ilon" komediyasi edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jeki Chan Jang san'ati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing