Jeki Chan haqiqatan koronavirusga chalindimi?
Olam
−
28 fevral 2020
26768Kecha, 27 fevral kuni Gollivudning mashhur aktyori, kaskadyor Jeki Chan koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 28 fevral kuni aktyor Instagram’dagi o‘z sahifasida sog‘lom ekanligi, hech qanday virusga chalinmagani haqida ma’lum qilgan.
“Barchaga g‘amxo‘rlik uchun tashakkur! Men xavfsizlikdaman va juda sog‘lomman. Iltimos, xavotirlanmang, men karantinda emasman. Umid qilamanki, barcha salomatlikda va xavfsizlikda bo‘ladi”, deb yozgan kelib chiqishi asli gonkonglik bo‘lgan Jeki Chan.
Aktyor epedimeya boshlanishidan buyon unga qarshi kurashishda o‘z hissasini qaysidir ma’noda qo‘shib kelmoqda. Masalan, u niqob va himoya kiyimlarini ommaga tarqatish bilan bandligi haqida gapirgan edi. Bundan tashqari, koronavirusga qarshi dori o‘ylab topgan kishiga, million yuan (143 ming dollar atrofida) berishini ma’lum qilgan edi.