Koronavirusga chalingan Baydenning ahvoli qanday?

Olam

image

Koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Jo Baydenning ahvoli so‘nggi 24 soat ichida sezilarli darajada yaxshilandi. Oq uy matbuot xizmati Amerika yetakchisining davolovchi shifokori Kevin O’Konnorning shu haqdagi bayonotini e’lon qildi.

“Bundan kelib chiqadiki, yo‘tal va bo‘g‘iq ovoz Baydenning kasallikning asosiy alomatlaridir, ammo payshanbaga nisbatan sezilarli yaxshilanish mavjud. AQSH Prezidentining yurak urishi, qon bosimi va nafas olishi normal”, deydi O’Konnor.

Oq uy 17 iyul kuni Baydenning COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy chiqqanini ma’lum qildi. Amerika yetakchisining vakillari u Delaverdagi rezidensiyasiga qaytishini, u yerda o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilishi va davlat rahbari sifatida ishlashda davom etishini aytdi. Baydenning davolovchi shifokori 17 iyul kuni Amerika yetakchisida tumov, yo‘tal va umumiy holsizlik borligini ma’lum qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made