Arnold Shvarsenegger baxtsiz hodisaga uchradi

Madaniyat-san’at

image

Butun dunyoga “Terminator” roli bilan tanilgan amerikalik aktyor joriy yilning fevral oyida baxtsiz hodisaga uchragan va hozirda sud ishi boshlangan. Bu haqda “Peopletalk” nashri xabar berdi. 

76 yoshli aktyor "Jeep"ini haydab ketayotib, birdan yo‘lga chiqib qolgan velosipedchi ayolni turtib yuborgan. Jabrlanuvchi Joan Flikingerning so‘zlariga ko‘ra, Kaliforniyaning sobiq gubernatori juda katta tezlikda harakatlangan va shu sababli mashinani boshqarolmay qolgan. Guvohlar esa, aksincha, Shvarsenegger sekin haydab ketayotganini, jabrlanuvchining o‘zi aktyorning mashinasi oldida keskin burilish qilganini aytgan. 

Aktyor ayolni shifoxonaga olib borgan, velosipedini esa ustaxonaga topshirgan. Shunga qaramay, ayol halokatda jiddiy jarohat olganini da’vo qilmoqda.  Shu sababli oradan to‘qqiz oy o‘tib, Arnold ustidan sudda ish ochilgan. Hozircha ayolning aktyordan qancha da’vo qilayotgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Arnold Shvarsenegger rafiqasi Mariya Shrayver bilan rasman ajrashish uchun o‘n yillik sud jarayonlarida qatnashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

baxtsiz hodisa Arnol'd Shvartsenegger Terminator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing