Shomurodov yangi klubida nechanchi raqamda o‘ynaydi?

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Italiyaning “Kalyari” klubi safida 61-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi. Bu haqda klub o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Kalyari” Instagram'ida e’lon qilingan postdan italiyalik futbolchi Alessandro Deyola yangi mavsum jamoada 14-raqamda o‘ynashini bilib olish mumkin. Demak, Shomurodov yangi jamoasida o‘zining sevimli raqamida to‘p tepa olmaydi.

Ma’lumot uchun, “Kalyari” 27 iyul kuni Shomurodov transferini e’lon qildi. “Kalyari” o‘zbekistonlik 29 yoshli hujumchini 9 million yevro evaziga, keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Otabek Shukurov ham faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Shukurovga Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi “Jenoa” qiziqish bildirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing