Shomurodov “Roma”da asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlab olishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston terma jamosi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ukrainalik futbolchi Artyom Dovbik jismoniy muammolarga duch kelayotgani sabab asosiy tarkibdagi o‘rini mustahkamlab olishi mumkin. Bu haqda “TuttoMercato” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Artyom Dovbik hozir jismoniy muammolarga duch kelmoqda. Uning keyingi ikki uchrashuvda ishtirok etishi shubha ostida. Shu bilan birga, Eldor Shomurodov jamoadoshlari bilan aloqasi yaxshi va Klaudio Ranerining ishonchini qozonmoqda. Italiyalik mutaxassis Shomurodovning harakatlari va maydonda bo‘sh zonalar yaratish qobiliyati tufayli uni Paulo Dibala uchun mukammal sherik deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Eldor Shomurodo A Seriya ramziy jamoasiga kirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Klaudio Ran'eri Artyom Dovbik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing