Shomurodov Italiya chempionati ramziy jamoasiga kiritildi

Sport

image

“Roma” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi 26-turi ramziy jamoasidan joy oldi. Bu haqda “Who Scored” xabar berdi. 

Nashr tomonidan tuzilgan ramziy jamoada Shomurodovning oxirgi turdagi xatti-harakatlari salkam 8 ballga loyiq ko‘rilgan. 29 yoshli hujumchi “Monsa”ga qarshi bahsda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shomurodovdan tashqari ramziy jamoaga “Roma”dan yana 3 nafar futbolchi kiritildi. Jumladan, Anxelino, Soul va Kristante jamoa safidan o‘rin oldi. Jamoaga eng ko‘p “Atalanta” klubi futbolchilari kiritildi. Bergamoliklardan 5 nafar futbolchi turning eng yaxshilari qatorida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Eldor Shomurodov Rim klubi safida  23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” tomonidan 4 million yevroga baholangan futbolchining “bo‘rilar” bilan shartnomasi keyingi yil yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing