Shols va Makron Parijda uchrashdi

Olam

image

Kecha, 22 yanvar kuni Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa manfaatlari uchun Fransiya poytaxti Parij shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv doirasida Germaniya va Fransiya yetakchilari Trampning Oq uyga qaytishi fonida Yevropaning raqobatbardoshligi, farovonligi va xavfsizligini yaxshilashga harakat qilish zarurligi haqida suhbatlashgan.

“Tramp bilan hamkorlik qilish qiyin bo‘ladi, biroq Yevropa egilib, yashirinmaydi, balki konstruktiv va o‘ziga ishongan hamkor bo‘ladi”, degan Shols.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, u yevropalik hamkorlari bilan birgalikda Tramp Oq uyga qaytganidan keyin qabul qilgan qarorlarni “diqqat bilan tahlil qilish” niyatida.

“Ehtiyotkorlik bilan aytganda, doimiy o‘zgaruvchan dunyoda Yevropa kuchli va bardoshli bo‘lishi kerak”, degan Germaniya hukumati rahbari.

Shuningdek, Shols Yevropaning 450 millionga yaqin aholisi bo‘lgan yirik iqtisodiy hudud ekanini ta’kidlagan.

“Biz kuchlimiz. Biz birlashganmiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

O‘z navbatida, Makron Germaniya va Fransiya “transatlantik hamkorlikni mustahkam ushlab turadigan, lekin o‘z manfaatlarini qanday himoya qilishni ham biladigan” kuchli va suveren Yevropani birlashtirish uchun harakat qilishlari kerakligini ta’kidlagan .

“Yevropaliklar e’tiborini demokratiyani mustahkamlash, iqtisodiy va ijtimoiy modelini saqlab qolish uchun raqobatbardoshlik, farovonlik va xavfsizlikni oshirishga qaratishi kerak”, degan Makron.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni Germaniya va Fransiya AQSHning Prezidenti Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan bosib olish imkoniyatini istisno qilmaganidan keyin Donald Trampni “suveren chegaralar”ga tahdidlardan ogohlantirgandi. Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, chegaralar daxlsizligi tamoyili sharqda yoki g‘arbda joylashganidan qat’i nazar, har bir davlatga tegishli. Bu tamoyil kichik davlatmi yoki juda qudratli bo‘lishidan qat’i nazar har bir davlat tomonidan hurmat qilinishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing