Shimoliy Koreya fazodagi “josus”larini ko‘paytirmoqchi

Olam

image

Shimoliy Koreya yaqin orada Yer orbitasiga yana ko‘plab josuslik apparatlarini uchirish niyatida. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya mamlakatning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirilganini "ko‘rolmagan" AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya tanqidlariga munosib javob bermoqchi. 

“Kosmos to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, koinotning cheksiz kengliklarida boshqalarning huquqlarini cheklovchi va tortib oladigan Amerikacha yirtqichlik qonuni  yo‘qligi ayon. Hech bir davlat boshqa davlatlarning bosimi tufayli o‘zini himoya qilish huquqidan voz kechmaydi”, deb yozgan nashr.

Shimoliy Koreya qo‘shimcha sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishining sababi sifatida Koreya yarimoroli va Tinch okeanida "dushmanlari"ning hiyla-nayranglarini vaqtida aniqlash, o‘ziga qarshi harbiy harakatlar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va monitoring qilish ekanligini keltirgan. 

“Bizning razvedka sun’iy yo‘ldoshlarimiz kosmik qo‘riqchilarga aylanadi, ular real vaqt rejimida dushman kuchlarining KXDRga qarshi harbiy harakatlari haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlarni to‘playdi”, deya qo‘shimcha qilgan Koreya markaziy agentligi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreyada bortida ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan ballistik raketa uchirilgandi. Shundan so‘ng, muvaffaqiyatli uchirilgan Kim Chen Inning birinchi josuslik apparati “dushman" hududiga oid ilk rasmlarni jo‘natgani aytildi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya AQSH tomonidan Yer orbitasidagi birinchi josuslik sun’iy yo‘ldoshini zararsizlantirishga urinish bo‘lsa, buni urush e’lon qilinishi deb tushunishi va darhol raketalar bilan javob qaytarishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya Er orbitasi axborot agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing