Şimoliy Koreyada ChatGPT’ning muqobili işlab çiqildi

Olam

−

image

Şimoliy Koreyada ilm-fan va texnologiyaga oid savollarga javob beradigan sun’iy intellekt çat-boti yaratildi. “Donişmandlik buloği” deb nomlangan uşbu tizim mamlakat davlat televideniyesida namoyiş etildi. Bu haqda “38 North” naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “AI Service System 1.0, Fountain of Wisdom” (Sun’iy intellekt xizmati 1.0 — “Donişmandlik buloği”) deb nomlangan çat-bot Kim Ir Sen universiteti huzuridagi Sun’iy intellekt texnologiyalari tadqiqot instituti hamda Pxenyanda joylaşgan Phurunhanul Trading kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.

Çat-bot joriy yilning 19–30 oktyabr kunlari Pxenyanda ötkazilgan Axborot texnologiyalari yutuqlari milliy körgazmasida namoyiş etilgan. Şuningdek, u 17 noyabr kuni mamlakatning Ryongnamsan ta’lim telekanalida efirga uzatilgan lavhada ham körsatilgan.

Televideniye lavhalarida tizim interfeysi ChatGPT’nikiga öxşaşi, unda yangi suhbat oçiş tugmasi va avvalgi muloqotlar röyxati mavjudligi köringan. Çat-bot koreys va ingliz tillarida berilgan ilm-fan hamda texnologiyaga oid savollarga javob bera oladi, şuningdek, matnlarni tarjima qiliş imkoniyatiga ega.

Qayd etilişiça, foydalanuvçilarga ijtimoiy-siyosiy mazmundagi yoki odob-axloq me’yorlariga zid savollar beriş taqiqlangan. Tizim ekranida faqat ilm-fan va texnologiyaga oid savollar bilan murojaat qiliş kerakligi haqida ogohlantiriş ham aks etgan.

Çat-botning texnik imkoniyatlari va uning işlaşi uçun qanday uskuna yoki sun’iy intellekt modeli qöllanilayotgani oçiqlanmagan. Taxminlarga köra, Şimoliy Koreya mutaxassislari tizimning asosida AQŞ yoki Xitoyda işlab çiqilgan oçiq vaznli modellardan, jumladan, Google’ning Gemma yoki Alibaba’ning Qwen modelidan foydalangan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Mask sun’iy intellektni rivojlantiriş uçun serverlar va hisoblaş markazlarini Yer atrofidagi orbitaga olib çiqişni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing