Şimoliy Koreya bayroği tarixda ilk bor özgartirildi

Olam

−

image

KXDR Konstitutsiyasida davlat bayroğining proporsiyalari özgartirildi. Bu 1948 yilda respublika taşkil topganidan buyon ilk bor yuz berdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Şimoliy Koreyaning rasmiy “Naenara” veb-portalida e’lon qilingan Konstitutsiya matnida bayroqning proporsiyalari va naqşlari 166-moddada tavsiflangan. Unga köra, KXDR davlat bayroği “markazda keng qizil çiziqqa, uning yuqori va pastki qismida ingiçka oq çiziqlarga, söngra kök çiziqlarga ega bölib, qizil çiziqning dastaga yaqin tomonidagi oq doira içida qizil beş qirrali yulduz joylaşgan”.

Bayroqning balandligi va kengligi nisbati 1:1,65 ni taşkil etadi. “Yonhap”ning yozişiça, ilgari Konstitutsiyada 1:2 nisbati körsatilgan bölib, u 2023 yil sentyabr oyida konstitutsiyaviy tuzatişlar kiritilganidan keyin ham özgarişsiz qolgan.

Naşr ma’lumotlariga köra, uşbu özgariş KXDR yetakçisi Kim Çen Inning öz ajdodlarining ayrim an’analarini saqlab qolgan holda, özining boşqaruv uslubi va milliy özligini yaratişga intilişi fonida yuz bergan.

Qayd etiş joiz, bu Kim Çen In boşqaruvi davrida KXDR Konstitutsiyasiga kiritilgan yagona özgarişlar emas. Joriy yilning may oyida “Reuters” va “Yonhap” Pxenyan mamlakat Asosiy qonuni matnida respublika hududini Janubiy Koreya bilan çegaradoş sifatida belgilagani va qayta birlaşiş töğrisidagi qoidalarni olib taşlagani haqida yozgan.

Bundan taşqari, Konstitutsiyaning avvalgi tahririda KXDR Davlat kengaşi raisi (bu lavozimni Kim Çen In egallab turibdi) davlatni ifodalovçi oliy rahbar deb atalgan bölsa, endilikda hujjatda u davlat rahbari sifatida körsatilgan. Şunday qilib, hujjat ilk bor rasmiy ravişda davlat rahbarini Oliy xalq kengaşidan yuqori qöymoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing