KXDR Pxenyandagi Şveysariya diplomatik vakolatxonasini yopişni talab qildi

Olam

−

visibility676 timer2 daqiqa

image

Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi Pxenyandagi olti yillik tanaffusdan söng atigi bir oy oldin öz faoliyatini qayta tiklagan Şveysariya diplomatik byurosini yopişni talab qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, diplomatik vakolatxona rahbari Silven Aste “persona non grata” (istalmagan şaxs) deb e’lon qilingan. Uşbu qaror Şimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tufayli qabul qilingan.

Bugun, 25 noyabr kuni Silven Astega 48 soat içida Şimoliy Koreyani tark etiş buyurilgan. KXDR TIV Yevropa departamenti rahbari Pak Xyon Su Asteni çaqirtirib, unga “Şveysariya Konfederatsiyasi hukumatining oçiqdan oçiq duşmanona harakati munosabati bilan” diplomatik vakolatxonani yopiş talabi bayon etilgan notani topşirgan. Pxenyanning noroziligiga “Sondovon” bolalar oromgohining sanksiyalar röyxatiga kiritilgani sabab bölgan. 

“KXDRning suveren huquqlari va uning fuqarolari manfaatlariga tajovuz qiluvçi harakatlar heç qanday holatda qabul qilinişi mumkin emas”, deyiladi xabarda.

“The Associated Press”ning yozişiça, joriy yil noyabr oyi boşida Şveysariya hukumati “Sondovon” oromgohini sanksiyalar röyxatiga kiritgan, çunki uşbu muassasa ukrainalik bolalarni Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan köçiriş dasturlarida iştirok etmoqda. Ta’kidlanişiça, oromgoh hududida bolalar tarğibot ta’siriga duçor böladi va rossiyaparast qaraşlarni tarqatişga qaratilgan tadbirlarda qatnaşadi. Avvalroq, “Sondovon”ga qarşi xuddi şunday sanksiyalarni Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi ham joriy etgan.

Pxenyandagi Şveysariya byurosi dastlab koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan olti yillik tanaffusdan söng 2026 yil 19 oktyabrda öz işini qayta boşlagan edi. Oktyabr oyi oxirida diplomatik vakolatxonaning rasmiy oçiliş marosimida iştirok etiş uçun KXDRga Şveysariya Taşqi işlar vaziri Inyatsio Kassis taşrif buyurgan.

Ma’lumot uçun, Şveysariya Şimoliy Koreya bilan 1974 yilda diplomatik munosabatlar örnatgan va Pxenyan bilan muloqotni saqlab qolgan kam sonli Ğarb davlatlaridan biri bölib qolmoqda. Qayd etilişiça, KXDRning hozirgi rahbari Kim Çen In va uning singlisi Kim Yo Çjon ösmirlik çoğlarida – 1990 yillarda Şveysariyada tahsil olgan. 1997 yilda Pxenyanda Şveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining asosan gumanitar dasturlar bilan şuğullanuvçi “hamkorlik ofisi” oçilgan. U 2020 yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi sababli yopilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing