Şimoliy koreyalik xakerlar 400 mln dollardan ortiq kriptovalyutani öğirladi

Olam

−

image

Şimoliy Koreya bilan boğliq xakerlar soxta videoqönğiroqlar yordamida 18 oy içida 400 million dollardan ortiq kriptovalyutani özlaştirdi. FaceStealer deb nomlangan firibgarlik sxemasi oqibatida 900 dan ortiq kişi jabrlangan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, hujumlar asosan kriptovalyuta va Web3 sohalarida faoliyat yurituvçi, xususan, oçiq kodli dasturiy ta’minotni işlab çiqiş va qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi mutaxassislarga qaratilgan.

Xakerlar soxta yoki buzib kirilgan ijtimoiy tarmoq akkauntlari orqali potensial qurbonlarni Zoom, Microsoft Teams va Google Meet platformalarining qalbaki nusxalarida taşkil etilgan videoqönğiroqlarga taklif qilgan. Qönğiroq davomida jabrlanuvçiga taniş bölgan şaxslarning avvalroq yaşirinça yozib olingan videolari namoyiş etilgan. Bunda ovozda nosozlik bordek taassurot uyğotilgan.

Şundan söng, foydalanuvçiga ovozni tuzatiş uçun havolaga kiriş taklif qilingan. Havola orqali uning qurilmasiga zararli dastur yuklangan. Bu esa xakerlarga qurilmadagi kontaktlar röyxati va ilovalarga kiriş imkonini bergan. Oqibatda ular yangi qurbonlarni ham aniqlab, firibgarlik doirasini kengaytirgan.

AQŞ rasmiylari ma’lum qilişiça, xakerlar videoqönğiroqlarni jabrlanuvçilarga bildirmasdan yozib olgan va keyinçalik uşbu yozuvlardan yangi hujumlarda foydalangan.

FBR kiberxavfsizlik böyiça direktori Brett Litemanning aytişiça, Şimoliy Koreya rejimi yirik miqyosdagi kriptovalyuta öğirliklaridan tuşgan mablağlarni noqonuniy qurol-yaroğ dasturlarini moliyalaştiriş uçun işlatadi. Uning qayd etişiça, mamlakat sönggi yillarda bu yöl bilan milliardlab dollar mablağni qölga kiritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq bundan bir hafta oldin dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance xakerlar soxta iş suhbatlaridan foydalanib, kompaniyadan rekord darajadagi 6,3 milliard dollarlik kriptovalyutani öğirlaganini ma’lum qilgandi. AQŞ huquq-tartibot idoralari uşbu hujum ortida ham Şimoliy Koreya bilan boğliq guruhlar turganini bildirgan. Pxenyan esa bu ayblovni rad etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing