Shifoxonada erkakni kishanlab, kaltaklagan IIB xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatidagi tibbiy davolash muassasasida mast erkakning qo‘lini kishanlab, kaltaklagan Ichki ishlar boshqarmasi xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Muzrabot tumani IIB xodimining harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlangan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, kecha, 19 may kuni Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Muzrabot tumani prokuraturasi tomonidan olib borilayotgani aytilgan. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi tibbiyot birlashmasiga olib kelingan mast erkak u yerda davolanayotgan bemorlarning tinchligini buzib, qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagan. Erkakni tinchlantirish maqsadida IIB xodimi qat’iy harakat qilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo IIB Shifoxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing