“Shekspir” kosmosga parvoz qildi
Madaniyat-san’at
−
09 noyabr 2023
4475Taniqli kinorejissyorlardan biri Jek Jyuers muhandislar jamoasi bilan Uilyam Shekspirning birinchi pesalar to‘plamining nashr etilganiga 400 yil bo‘lgani munosabati bilan yozuvchining portretini koinotga chiqardi. Bu haqda "Yeuronews" nashri xabar berdi.
Rejissyor suratni fazoga uchirish orqali “Shekspir koinotda” deb nomlangan qisqa metrajli filmni suratga oldi. Portret ichida Shekspirning “Yoz oqshomidagi tush” asaridan olingan monolog matni ham bor. Filmda uni taniqli aktyor Tom Beyker o‘qib bergan.
“Ushbu film men tasavvur qilgan birinchi va shu vaqtgacha suratga olgan eng qiyin kartina bo‘ldi. Lekin yaxshi ma’noda. Mening miyamda shunday tasvir bor edi: koinot fonida yerning egri chizig‘i va butun dunyo uchun yozgan universal dramaturg Shekspirning portreti. Globallikni aks ettirishning ajoyib usuli”, deydi rejissyor.
Rejissyor ushbu filmini kecha, 8 noyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan to‘plamning 400 yillik yubileyida ilk marotaba namoyish etdi.
Ma’lumot uchun dramaturgning bu to‘plami uning birinchi nashr etilgan va saqlanib qolgan nusxalaridan biridir. Undan Shekspirning 36 ta pesasi joy olgan. Kitob muallif vafotidan yetti yil o‘tib, 1623 yilda nashr etilgan va 2023 yilda uning bosmadan chiqqaniga 400 yil to‘ldi. Ushbu to‘plamsiz yozuvchining eng mashhur asarlari yo‘qolib ketgan bo‘lardi. Xususan, ushbu nashrdan o‘rin olgan “Makbet”, “O‘n ikkinchi kecha”, “Qish ertagi” kabi 18 ta asar Shekspirning yagona rasmiy yozuvi hisoblanadi. Yozuvchi pesalarining qariyb yarmi birinchi marta ushbu jildda nashr etilgan. Asarlar yig‘ma jildi o‘tgan yili Nyu-Yorkda kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va 2,5 million dollarga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Oyga dafn etilgan yagona odam kosib Yujin Shumeykerdir.
LiveBarchasi