“Shayton ularni yo‘ldan urdi” – Zaxarova “sotqin” san’atkorlarni sazoyi qildi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyani tark etgan san’atkorlarni “shayton yo‘ldan urgan" deb atadi. U bu haqda 3 fevral kuni “TV Sentr” ko‘rsatuvidagi jonli efir vaqtida ma’lum qilgan.

Zaxarova boshlovchining Bi-2 guruhi, Alla Pugachyova va mamlakatni tark etgan boshqa san’atkorlar bilan bog‘liq vaziyatni izohlash so‘roviga bergan javobida shunday degan:

“Dono xalqimizda ajoyib, ibora bor: “shayton yo‘ldan urgan”. Bularning barchasi shunday”, degan Zaxarova.

Rossiya kelajakda artistlarning bu pozitsiyasini unutishi kerakmi? – degan savolga esa diplomat “kovlasangiz sasiyveradi” qabilidagi maqol bilan javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Comedy club”ning sobiq a’zosi Garik Martirosyan, rus estradasi primadonnasi Alla Pugachyova va turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin, Rossiya xalq artisti Grigoriy Leps, va Filipp Kirkorov Rossiyani tark etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova Maksim Galkin Alla Pugachyova san'atkorlar Garik Martirosyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing