“Comedy club”ning sobiq a’zosi Rossiyani tark etdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyadagi “Comedy club” hajviy shouning sobiq rezidenti, televizion loyihalar prodyuseri Garik Martirosyan Rossiyadan o‘z vataniga ko‘chib kelganini tan oldi. Bu haqda MKRU nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Armaniston poytaxti Yerevanga ish uchun jalb qilingan. U hozirda mahalliy televideniyeda ishlamoqda.

"O‘tgan yildan beri men ko‘p vaqtimni Yerevanda o‘tkazib kelaman va bu yerda mahalliy televideniya loyihalari ustida ishlayapman. Men shu paytgacha bolalar uchun loyihalar qilmaganman, lekin taqdir taqozosi bilan men ular ustida ishlashga sho‘ng‘ib ketdim", deya ta’kidlaydi Martirosyan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, internetda uning rossiyalik radioboshlovchi Marina Kravets bilan yangi “Sweetie” loyihasida ishtirok etgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq Martirosyanning o‘zi bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat shundaki, so‘nggi bir necha oy davomida Garik Martirosyan Rossiya oynai jahonlarida ko‘rinish bermayapti. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatdan so‘ng u hazil-mutoyibaga boy chiqishlar qilishni to‘xtatgan.

Avvalroq Rossiyaga qaytganiga hali ko‘p bo‘lmagan estrada yulduzi Alla Pugachyova egizak farzandlari Liza va Garri hamrohligida Moskva-Tel-Aviv yo‘nalishida, bir tomonlama chipta bilan Isroilga uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing