Alla Pugachyova Rossiyani farzandlari bilan tark etdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyaga qaytganiga hali ko‘p bo‘lmagan rus estradasi primadonnasi Alla Pugachyova egizak farzandlari Liza va Garri hamrohligida Moskva — Tel-Aviv yo‘nalishida, bir tomonlama chipta bilan uchib ketdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

Joriy yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Alla Pugachyova oilasi bilan avval Isroilga, keyin Latviyaga ko‘chib o‘tgan edi. Sentyabr oyida boshlangan yangi o‘quv yili munosabati bilan farzandlari hamrohligida Moskvaga qaytgan primadonnaning qadami og‘ir keldi. Avvaliga uning eri “Maxfiy agent” deb topildi, keyin esa Pugachyova eri bilan hamfikrligini bildirib uni ham “maxfiy agentlar” qatoriga qo‘shishlarini so‘radi va Putin rejimini qoraladi. Aksiga olib bu vaqtda Maksim Galkin Rossiyada emas edi.

Ko‘rinishidan bunday yangiliklar 73 yoshli xonandaga og‘irlik qilgan. Uni kecha, 29 sentyabr kuni Moskvadagi “Vnukovo” aeroportida ko‘rishgan. Xonanda farzandlarining maktabdagi darslari boshlanganiga bir oy bo‘lmasidanoq Isroil poytaxti Tel-Aviv shahriga bir tomonlama chipta bilan uchib ketgan, buning uchun xonanda xususiy samolyot xizmatidan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Xabarda qayd etilishicha,  ayni damda Pugachyovaning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin ham Tel-Avivda.

Ammo yulduzli juftlikning diydor onlari uzoqqa cho‘zilmasligi mumkin. Sababi, oktyabr oyining birinchi yarmida Maksim Galkinni Ispaniya va Moldova bo‘ylab tig‘iz grafikdagi gastrol safarlari kutmoqda

Ma’lumot o‘rnida, Maksim Galkin va Alla Pugachyova 2005 yilda turmush qurishgan. Galkin o‘z rafiqasidan 27 yoshga kichik bo‘lib, juftlikning Liza va Garri ismli egizak farzandlari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing