Yulduzlar Rossiyani tark etmoqda. Navbat kimga?

Madaniyat-san’at

image

Rossiya xalq artisti Grigoriy Leps shov-shuvli janjallardan so‘ng Rossiyani tark etdi. Bu haqda “Teleprogramma.pro” xabar berdi.

Uni Istanbul aeroportidan Milanga uchayotganida ko‘rib qolishgan. Uning yonida bir ayol bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Leps Milanda dam olishni yaxshi ko‘radi, u yerda uning ko‘plab do‘stlari bor va tez-tez Italiyaga sayohat qiladi.

Ma’lumot uchun, Grigoriy Leps Sankt-Peterburgdagi konsertida qo‘shiq aytishdan bosh tortib, jahl bilan chiqib ketgani haqidagi lavhalar ijtimoiy tarmoqlarni jumbushga keltirgan edi.

Konsertdan keyingi voqealar shu bilan tugamagan. U avvaliga shahardagi barlarning biriga borgan. U yerda spirtli ichimlik ichib, 39 yoshli bir erkakka narda o‘ynashni taklif qilgan. O‘yin uchun 10 ming dollar tikilishi kerak bo‘lgan. Erkak o‘zida bunday pul yo‘qligini aytgach, o‘rtada janjal kelib chiqqan.

Bardan chiqarib yuborilganidan so‘ng, ko‘chada Grigoriy Leps va qo‘riqchisi erkakni kaltaklagan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchi Lepsning ustidan shikoyat qilgan. So‘ngra Leps o‘zi kaltaklagan Dmitriy Gorbachyovga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararni qoplab bergan va undan uzr so‘ragan.

Ma’lumot o‘rinida, Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi doirasida 144 kishini, jumladan xonanda Grigoriy Lepsni qora ro‘yxatga kiritishi mumkinligi aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Comedy club”ning sobiq a’zosi Garik Martirosyan hamda rus estradasi primadonnasi Alla Pugachyova egizak farzandlari bilan Rossiyani tark etgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing