Aliyevning aytgani bo‘ldi: Ozarbayjon Armaniston chegarasida qurolli to‘qnashuv boshlandi
Olam
−
27 Sentabr 2020
17408Bugun, 27 sentyabr kuni Baku vaqti bilan soat 06:00 da Armaniston qurolli kuchlari keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirib, Ozarbayjon armiyasining butun front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyalariga qurolli hujum uyushtirgan. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Rasmiy ma’lumotda qayd etilishicha, Yereven Ozarbayjon armiyasining butun front chizig‘i bo‘ylab pozitsiyalarini va frontal zonada joylashgan turar-joylarni yirik kalibrli qurollardan, minomyotlardan va turli kalibrli artilleriya inshootlaridan intensiv o‘qqa tutgan
“Terter mintaqasidagi Gapanli qishlog‘i, Agdam viloyatining Chiragli va O‘rta Gervend qishloqlari, Fizuli viloyatining Alxanli va Chukurbeyli qishloqlari va Jebroil viloyatining Jojug Marjanli qishlog‘iga dushman tomonidan intensiv o‘q otildi. Natijada tinch aholi orasida o‘ldirilgan va yaralanganlar bor. Fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar etkazildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tinch aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar va yaradorlarning shaxsi aniqlanmoqda.
“Ozarbayjon armiyasining ilg‘or bo‘linmalari dushmanning ushbu provokatsiyasini bostirish va qo‘shinlarning qarama-qarshilik chizig‘i yaqinida yashovchi tinch aholining xavfsizligini ta’minlash uchun javob choralarini ko‘rmoqda”, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetmish yebshinchi sessiyasida chiqish qilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston xalqaro hujjatlarga id ravishda o‘t ochish sulhini keskin buzib kelayotgani, tahdid qilayotganini aytib, Yerevan Bakuga urush ochish taraddudida turganini ochiqlagandi. Bunga javoban 25 sentyabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan chiqish qilib, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ hududi bo‘yicha bir taraflama muzokara va murosa tarafdori bo‘layotgani, biroq bu Yerevanning manfaatlariga mos emasligi, Ozarbayjonning talabi bilan hammasini boshidan boshlash esan, yangi urush ochishga sabab bo‘lishini aytgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 iyul kuni Nikol Pashinyan Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi so‘nggi keskinlik va Qorabog‘ mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish jarayoni borasida Armanistonning pozitsiyasini taqdim etgan. Armaniston hukumati rahbari ikki respublikasi chegarasida iyul oyida bo‘lib o‘tgan qurolli to‘qnashuv paytida keskinlikni pasaytirmaslikka, balki bundan ham ko‘proq zo‘ravonlik qo‘zg‘atishga harakat qilgan yagona mamlakat Turkiya ekanligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-16 iyul kunlari ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat yanada keskinlashdi. Ozarbayjonda Armaniston Qurolli kuchlari hujumga o‘tgani aytildi. Rasmiy Yerevan ham qurolli to‘qnashuvga ozarbayjonlik askarlar hujumga o‘tganini sabab qilib ko‘rsatdi. Rasmiy Baku 11 nafar harbiy jumladan general-mayor Po‘lat Gashimov ham halok bo‘lganini bildirdi. Yerevan esa 4 qurbon va 10 yarali haqida ma’lumot berdi.
Qayd etish kerakki, Armaniston va Ozarbayjonning hududiy muammosi so‘nggi 30 yildan beri davom etyapti. Buning sababi Armanistonning Ozarbayjonga tegishli bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ni egallab olishidir. Xalqaro hamjamiyatning e’tirozlariga qaramay, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga qaytarmay keladi.
Vaziyat shu darajadaki, agarda ikki tomon ham tinchlanmasa davlatlar o‘rtasida urush boshlanishi ehtimoli yuqori.
Yaqinda Yerevan harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirdi. Rossiyadan bir necha samolyotda Armanistonga qurol-aslahalar yuborildi. Shu bois Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyaning bu boradagi “g‘amxo‘rligiga” o‘z e’tirozini билдирди. Buning ortidan Ozarbayjon Turkiya ham bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirishga kirishdi. Ikki mamlakat harbiylari ishtirokida qo‘shma mashqlar o‘tkazildi. Turkiya har qanday vaziyatda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
LiveBarchasi