Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga qaytib keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga amaliy tashrifini yakunlab, Moskvadan Toshkentga qaytib keldi.

Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi hamda fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.

Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing