Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini O‘zbekistonga taklif qildi

Jamiyat

image
Hindiston Ortiqxo‘jayev rahbar bo‘lgan yoga federatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi north_east

Hindiston Ortiqxo‘jayev rahbar bo‘lgan yoga federatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini O‘zbekistonga taklif qildi. Davlat rahbari Modi bilan videoanjuman shaklida uchrashuvi vaqtida unga taklifini bildirgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sammit davomida xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Yaqindan muvofiqlashuv va axborot almashinuvini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan tartibga solish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

Bundan tashqari, uchrashuv doirasida iqtisodiyot, innovatsiyalar, moliyaviy-texnik ko‘mak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga doir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Narendra Modiga kelgusi yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoye 2019 yilning yanvar oyida Hindistonning Ahmadobod shahriga rasmiy tashrif bilan borgandi. O‘zbekiston Prezidenti safar davomida  “Jo‘shqin  Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Hindiston

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing