Hindiston Ortiqxo‘jayev rahbar bo‘lgan yoga federatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi
Jamiyat
−
12 dekabr 2020
5601Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 11 dekabr kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklida muzokara o‘tkazdi.
Onlayn-muloqotda Hindiston tomoni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston yoga federatsiyasini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda “Ayurveda” hind tabobati an’anaviy tizimi va telemeditsinani joriy etgan holda zamonaviy tibbiyot markazlarini tashkil etish taklif etildi. Ta’kidlanganidek, Hindiston tomoni O‘zbekiston yoga federatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, o‘zaro savdoning ortishi uchun qulay sharoitlar yaratish, bu yo‘ldagi texnik to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish borasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.
Samarali transport yo‘laklari va logistika infratuzilmasini shakllantirish, aviaqatnovlarni tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi lavozimiga ham tayinlangan. 9 dekabr kuni oshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi.
LiveBarchasi