O‘zbekiston OTMlarining xorijdagi ilk filiali Hindistonda ochildi

Jamiyat

image

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi xorijiy mamlakatlarda o‘z filialini tashkil etgan ilk oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Institut Hindistonning Nyu-Deli shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan Noida xalqaro universiteti bazasida o‘z filialini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi. 

Unga binoan 2020-2021 o‘quv yilidan institut professor-o‘qituvchilari MBBS (Tibbiyot va jarrohlik bakalavri) dasturi asosida o‘qishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga o‘z mamlakatlarida tahsil berishadi. Kelishuvga binoan, Noida xalqaro universiteti ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, o‘quv laboratoriyalari hamda klinik bazalardan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi. O‘qishga qabul qilingan talabalar birinchi ikki yilni Hindistonda, qolgan 3 yilni esa Buxoroda o‘tkazishadi. Bu bugungi pandemiya sharoitida hind talabalarining o‘z vatanlarida turib tahsil olishlari uchun ham qulay imkoniyatdir.

OTM filialini ochish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti, Noida xalqaro universiteti hamda “PeopleHive” kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolangan.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2019 yilda Hindiston fuqarolariga ta’lim berish huquqini beruvchi Tibbiyot kengashi akkreditatsiyasidan o‘tgan edi. O‘tgan o‘quv yilida 50 ga yaqin hind fuqarolari o‘qishga qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM O'zbekiston-Hindiston filial

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing