O‘qishni ko‘chirish natijalari e’lon qilindi
Jamiyat
−
22 avgust 1653 1 daqiqa
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistondagi davlat hamda nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkazilgan. Mazkur test sinovlarining natijalari bugun, 22 avgust kuni e’lon qilindi.
Test sinovida qatnashgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz platformasi orqali tekshirishi mumkin. Buning uchun saytda pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) kiritish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan maxsus sinovlarning o‘tish ballari tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi