O‘zbekiston yana bir davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni tiklayapti

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ikki davlat aviatsiya ma’muriyati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” Bitimi asosida amalga oshiriladi. 

Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.

Parvozlar 5 mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

775

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing