Hindiston O‘zbekistonning ta’lim sohasi uchun 448 mln dollar ajratadi

Jamiyat 2811
image

Hindiston Eksimbanki O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashgan.

Uchrashuvda tomonlar 2022 yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 13-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini, xususan, tadbirni amaliy mazmun bilan to‘ldirishni muhokama qilgan.

“Muloqotda moliyaviy-texnik hamkorlik sohasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, tomonlar Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablag‘lar ajratilishini olqishlab, ushbu loyihalarni amalga joriy etish borasida birgalikda ishlashga kelishib oldilar”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Hindistonning grant mablag‘larini jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan IT, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ijtimoiy yo‘naltirilgan yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishilgan.

Shuningdek, Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida “Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida yangi metrologik laboratoriyani tashkil qilish va jihozlash” hamda “O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash” loyihalarini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 55
Reyting: 3
t
×