Shahzodalar Uilyam va Garri ginalarni chetga surib, onasining haykalini ochib berdi

Olam

image
Ledi Di: Britaniya shahzodalarining go‘zal onasi hayot bo‘lganida 60 yoshni qarshilardi (fotoreportaj)  north_east

Ledi Di: Britaniya shahzodalarining go‘zal onasi hayot bo‘lganida 60 yoshni qarshilardi (fotoreportaj) 

Joriy yilning 1 iyul kuni Buyuk Britaniyadagi Kensington saroyi bog‘ida Uels malikasi Diananing haykali ochildi. Diana agarda hayot bo‘lganida o‘sha kuni 60 yoshni qarshilagan bo‘lardi. 

Ta’kidlanishicha, malikaning o‘g‘illari Uilyam va Garri oilaviy kelishmovchiliklarga qaramay birgalikda marosimda ishtirok etishgan va haykal ustidagi matoni olib tashlashgan. Aka-ukalar joriy yilning aprel oyida vafot etgan bobosi shahzoda Filippning dafn marosimidan buyon rasmiy tadbirlarda birgalikda qatnashmagan.  

Shuningdek, yodgorlikning ochilish marosimida shahzodalarning ikki xolasi, tog‘asi va yodgorlikni yaratishga mas’ul bo‘lgan qo‘mita a’zolari ishtirok etgan. Haykalda malika va uning qo‘lidan tutib turgan ikki bola — o‘g‘il va qiz tasvirlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Diana hayotlik chog‘ida xayriya ishlarida faol qatnashgan, u butun dunyo bo‘ylab kasal va muhtoj bolalarga yordam bergan, shifoxonalarga tashrif buyurgan. 

Diana Frensis Spenser 1961 yilda tug‘ilgan. U 20 yoshida shahzoda Charlzga turmushga chiqqan va ikki o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Er-xotin 1996 yilda ajrashgan. 1997 yil 31 avgustda Diana sevgilisi Dodi al-Fayed bilan avtohalokatga uchragan. Ularning ikkisi ham vafot etgan. Kensington saroyi shahzoda Charlz bilan ajrashganidan keyin vafotigacha malika Diananing qarorgohi bo‘lib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Garri Diana Uil'yam

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing