Shahzoda Garri va Megan ajrashishi mumkinmi?
Olam
−
04 avgust 2021
9598Buyuk Britaniya qirolligi fotografi Kent Gevin shahzoda Garri va Megan Marklning nikohi halokatga uchrashiga ishonadi. Bu haqda “Insider” nashri xabar bermoqda.
Fotografning so‘zlariga ko‘ra, u Garri va Megan 2017 yilda unashtiruv haqida xabar berishganda, juftlikning munosabatlari “qirollik hayoti bosimiga” dosh bera olishi haqida tasavvurga ham ega bo‘lmagan.
“Garri Meganga uylanishi haqida e’lon qilinganda, men hamkasblarimga va bir nechta odamlarga aytgandim: “Men bu nikohga uch yil ham bermayman”, deydi u.
Gevin, shuningdek, ikkinchi farzandning tug‘ilishi bu nikohni saqlab qolishi dargumonligini ta’kidlagan.
Nashrga ko‘ra, Gevinning bashorati noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, chunki Megan va Garri joriy yilning may oyida to‘ylarining uch yilligini nishonladi. Biroq, fotograf ertami-kechmi ushbu nikoh baribir barham topishiga ishonadi.
Ma’lumot o‘rnida, Kent Gevin ko‘p yillar davomida qirollik fotografi bo‘lgan va u faoliyatining ko‘p qismini Garrining onasi — malika Diananing hayotini hujjatlashtirish bilan o‘tkazgan.
Avvalroq, shahzoda Garri 4 ta kitob chiqarmoqchi ekani, ulardan biri Yelizaveta II vafotidan so‘ng nashr etilishi haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.