Sergelidagi yangi uy qurilishida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yangi qurilayotgan uylardan birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:41 da Sergeli tumani “Eski Bobur” mahallasi Yangi Sergeli ko‘chasida qurilayotgan yangi 10 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:46 da yetib borgan.

Aniqlanishicha, binoning 1 qavatida bochka ichida bitum (saqich) mahsulotini eritish ishlari amalga oshirilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Shayxontohur tumanidagi “Ibn Sino” mahallasida joylashgan plastmassa mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Shuningdek, 1 aprel kuni Uchtepa tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in yuzaga kelgan edi


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sergeli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing