Sergelidagi mashina bozori yaqinida nosoz yuk mashinasi yondi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bugun, 13 iyun kuni soat 11:49 da Sergeli tumani 6a-dahasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib zararlangan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni ham shu manzildagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sergeli mashina bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made