Senator Gavhar Alimova Kattaqo‘rg‘on shahriga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
06 mart 2020
8067Bugun, 6 mart kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda Gavhar Zayirovna Alimova nomzodi Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Shu kunga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Muzaffar Kazimovich Xashimov o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Gavhar Alimova Oliy Majlis Senatori a’zosi – senator hisoblanadi. U bugungacha Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha Boyovut, Olot, Bo‘ston va Qarshi tumanlariga ayollar rahbar etib tayinlangandi.
LiveBarchasi