Saudiya G‘azodagi vaziyatga ta’sir qilish uchun neftdan foydalanmoqchi emas

Olam

image

Saudiya Arabistoni hozircha neftning jahon narxlariga ta’siridan Falastin-Isroil mojarosida sulh o‘rnatish uchun vosita sifatida foydalanish niyatida emas. Bu haqda qirollik Sarmoyalar vaziri Xolid bin Abdulaziz al-Faleh “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Hozirda bunday narsa kun tartibida emas. Saudiya Arabistoni tinch muzokaralar orqali tinchlikka erishishga harakat qilmoqda", degan u tegishli savolga javob berar ekan.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Ar-Riyod yaqin kelajakda Afrika davlatlari ishtirokidagi sammitlar orqali Yaqin Sharqdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini topish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon Ol Saud Vashingtonda Bayden ma’muriyatining yuqori martabali vakillari bilan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush oqibatlari, shuningdek, Yamandagi vaziyatni muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing