Saudiya Arabistoni va Rossiya neft narxi bo‘yicha kelishib oladimi?
Olam
−
04 aprel 2020
6084OPEK va unga a’zo bo‘lmagan boshqa neft qazib oluvchi davlatlar dushanba kuni neft qazib olishni kuniga kamida 6 million barrelga qisqartirish masalasini muhokama qilishadi. OPEK tashkiloti vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni va Rossiya, agar AQSH ham bo‘lajak kelishuvlarga qo‘shilmasa, ishlab chiqarishni qisqartirishni xohlamaydi. Ishlab chiqarishni birgalikda qisqartirish to‘g‘risida rasmiy kelishish qiyin bo‘ladi, chunki bu AQSHning monopoliyaga qarshi qonunlarida taqiqlangan. Ko‘p narsa Prezident Donald Trampning Amerika neft kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuviga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Saudiya Arabistoni va Rossiya qora oltin qazib olishni kuniga 10-15 million barrelga qisqartirishga rozi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, kecha, 3 aprel kuni Brent markasidagi neft narxi, 32,8 dollargacha, WTI markasi narxi esa 26,5 dollargacha ko‘tarildi.
LiveBarchasi