Saratonni yenggan sobiq Bosh vazir nafas olishdagi muammolar sabab kasalxonaga yotqizildi
Olam
−
05 aprel 2023
6129Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni nafas olish bilan bog‘liq muammolar sabab bugun, 5 aprel kuni kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda "Associated Press" xabar berdi.
Qayd etilishicha, 86 yoshli sobiq hukumat rahbari Milandagi “San Rafaelle” kasalxonasida reanimatsiyada bo‘lib turibdi. Berluskoni so‘nggi yillarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq bir nechta muammolarga duch keldi. Xususan, u ko‘p yillar davomida yurak stimulyatori bilan yashagan, 2016 yilda aorta qopqog‘ini almashtirish uchun yurak operatsiyasini o‘tkazgan, shuningdek, prostata saratonini yenggan. 2020 yilda esa COVID-19'dan tuzalgan.
Eslatib o‘tamiz, “Olg‘a Italiya” partiyasi yetakchisi Silvio Berluskoni 2021 yilda ham ahvoli yomonlashganda xuddi shu kasalxonaga yotqizilgandi.
Nodirjon Madaminov