Saratonni erta bosqichda aniqlovchi test tizimi yaratildi

Salomatlik

image

Rossiyaning Ural federal universiteti (UrFU) olimlari qon tahlili orqali saratonni erta bosqichda aniqlashga yordam beradigan yangi test-tizimni ishlab chiqdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

UrFU ilmiy kommunikatsiya bo‘limining ma’lumotiga ko‘ra, test-tizim tibbiy ko‘rik paytida yoki mustaqil ravishda tahlil topshirish orqali qo‘llanishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yangi test-tizim molekulyar markerlarni tahlil qilish orqali yuqori aniqlikka ega bo‘lib, mavjud analoglardan ustun hisoblanadi.

Oshqozonosti bezi saratoni: Kasallikka nega kech bosqichda tashxis qo‘yiladi? north_east

Oshqozonosti bezi saratoni: Kasallikka nega kech bosqichda tashxis qo‘yiladi?

Olimlar tomonidan taklif etilgan yechim qon tarkibidagi metabolik biomarkerlarning o‘zgarishini aniqlaydi. Ayni vaqtda u prostata saratonini erta bosqichda aniqlash bo‘yicha sinovdan o‘tmoqda. Universitet vakillarining ta’kidlashicha, gastronomik va o‘pka kasalliklarini tashxislashda qo‘llanadigan gaz xromatografiyasiga asoslangan test-tizim mavjud, biroq u saratonning dastlabki bosqichlarini aniqlashga qodir emas.

Tadqiqotchilar kelajakda tizimni boshqa turdagi saraton kasalliklariga ham moslashtirish, kasallikning bosqichlari va agressivligini aniq belgilash hamda 2027 yilgacha bozorda taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Loyiha Rossiya Ta’lim va fan vazirligining “Prioritet-2030” dasturi doirasida olib borilmoqda. Tadqiqot ishlarida UrFU, Rossiya Fanlar akademiyasining Immunologiya va fiziologiya instituti, “Rospotrebnadzor” huzuridagi “Virom” virusli infeksiyalar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Saratov davlat tibbiyot universiteti olimlari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning noyabr oyida sun’iy intellekt yordamida saraton kasalligini erta aniqlash, tashxis qo‘yish va maxsus dori-darmonlar yordamida davolash amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saraton test-tizim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing