Amerikalik sobiq tennischi saratonga chalindi

Sport

image

67 yoshli amerikalik tennischi Kris Evertga saratonning dastlabki bosqichi tashxisi qo‘yildi. Bu  haqda ESPN nashri xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil oxirida o‘tkazilgan operatsiyadan keyin Evert 6 ta kimyoterapiya kursidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

“Men juda baxtli hayot kechirdim. Endilikda qandaydir qiyinchiliklarni boshdan kechirishim kerak. Ammo saraton qayta kelmasligi uchun kimyoterapiya qilinayotganimdan tasalli olaman. Biroq har doim hayotimni nazorat qilgan odam sifatida kimyoterapiyaga qanday munosabatda bo‘lishimni bilmayman”, deydi Kris Evert.

Eslatib o‘tamiz, Evert faoliyati davomida “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarning yakkalik bahslarida 18 marta g‘olib bo‘lgan, jumladan, 7 tasi “Rolan Garros”da va 6 tasi AQSH Ochiq chempionatida. Shuningdek juftlik bahslarida ham 3 ta titulni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Saraton WTA Kris Evert

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing